Asosiy kontentga o'tish
UZ · RU · EN Ilovani olish →
Toshkentda ishga tushmoqda

O'zbekistonda
yangi avlod
transport ilovasi.

Naqd va karta, uzbek va rus tilida, 24/7 yordam. Haydovchilar uchun 0% komissiya — foydalanuvchilar uchun shaffof narx.

0%
Haydovchi komissiyasi
90
Kun bepul sinov
50k
So'm · oyiga, vassalom
AMIR TEMUR AMIR TEMUR KO'CHASISHOTA RUSTAVELI MUSTAQILLIK TASHQI YO'L · M39 M Boshlanish Chilonzor 12, uy 8 🏫 TIIT ☕ Bon 🏥 Shifo 9:41 Qayerga? HAYDOVCHI YO'LDA A Abdulaziz · 4.9 ★ Chevrolet Cobalt · 01 A 123 AB 3 daq TAXMINI 22 000 so'm Tasdiqlash
HOZIR
3 ta haydovchi 2 km ichida
A
B
M
D
QO'SHILDI
+1,247 haydovchi
↑ 18% oy · oyga
Mahalliy to'lov tizimlari bilan
Click
PAYME
HUMO
UZCARD
VISA
Naqd
Nega Zuv

Har bir detal
ikki tomon foydasiga.

Biz haydovchidan har reys uchun komissiya olmaymiz va foydalanuvchidan surge narxini so'ramaymiz. O'rniga — oylik flat abonent. Shaffof, ikkala tomon uchun.

01
0% komissiya, har reys

Bizda har reysdagi har so'm haydovchiniki qoladi — foiz ushlab qolinmaydi. Komissiya qancha qolganini hisoblash shart emas.

02
Oyiga 50,000 so'm, flat

Komissiyasizlikning sirli qismi yo'q — oddiy abonent to'lov. 10 reys qilsang ham, 300 reys qilsang ham o'sha 50 ming.

03
Naqd va karta — istalgancha

Click, Payme, Humo, UzCard, Visa — yoki oddiy naqd. Karta qo'shish majburiy emas. Mijoz o'zi tanlaydi, haydovchiga bir xil yetadi.

04
Surge pricing yo'q

Tumon yo'lida ham, tongda ham, yomg'irda ham kilometr narxi bir xil. Shaffof, o'zgarmas, tushunarli.

05
24/7 Telegram yordam

Bot emas, haqiqiy odamlar. O'rtacha 5 daqiqada javob — uzbek va rus tilida. 9:00–22:00 orasida telefon bilan ham.

Haydovchiga

Oyiga 1,030,000 so'm ko'proq.

Oddiy hisob: oyiga 6 million so'm gross daromad. Sanoat o'rtacha komissiyasi va ZuvExpress abonenti bilan solishtirilganda.

Daromadni hisoblash →
Sanoat o'rtacha
~18% komissiya
Gross daromad6,000,000
Komissiya ~18%−1,080,000
Abonent0
Qoladi
4,920,000
so'm
SIZ
ZuvExpress
0% + 50k flat
Gross daromad6,000,000
Komissiya 0%0
Abonent · oy−50,000
Qoladi
5,950,000
so'm
Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Qolganini Telegram yordamimizdan so'rang.

ZuvExpress nima?
Toshkentda taksi va yetkazib berish uchun mobil ilova. Mijoz ilova orqali mashina chaqiradi yoki yuk yuboradi; haydovchi qabul qiladi. Biz platformamiz, haydovchilar mustaqil.
Qanday to'layman?
Naqd, Click, Payme, Humo, UzCard yoki bank karta. Karta qo'shish majburiy emas.
Haydovchilar tekshiriladimi?
Har bir haydovchi platformaga chiqishdan oldin guvohnoma, tex-pasport va shaxsiy hujjatini taqdim etadi. Hujjatlarni jamoamiz qo'lda tekshiradi.
Qaysi shaharlarda ishlaydi?
Hozirda Toshkentda. 2026-27 yillarda Samarqand, Buxoro va Andijon rejalashtirilgan.
Xavfsizmi?
Reyslar GPS orqali real vaqtda kuzatiladi, tarixi saqlanadi. Tanishlaringiz bilan reys joyini baham ko'rishingiz mumkin.

Zuv bilan haydang.
0% komissiya.

Ilovani yuklang, telefonni tasdiqlang, birinchi reysni oling. Ro'yxatdan birinchi reysgacha — 60 soniya.

Android uchun (APK) iOS — tez orada
Yuklab olish